Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S. Qosimova “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat va kuzatuv kengashlari a’zolari bilan 24-maktabda yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbirda o‘quvchilarning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish hamda ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan tartib-intizom masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida deputat S. Qosimova yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida jamoatchilikka batafsil tushuntirib berdi.
Mazkur uchrashuvda mahalla faollari, ota-onalar, maktab pedagoglari hamda jamoat kengashi a’zolari ishtirok etib, tarbiya va ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashdilar.