Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Azimov Jizzax shahridagi “Jizzaxlik”, “Qassoblik” va “Olmazor” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarning 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi. Monitoring davomida ko‘p qavatli uylarda fasad qismlarini bazalt qoplamalari bilan yangilash, tom qismlarini taʼmirlash, muhandislik kommunikatsiyalarini almashtirish kabi ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarini bartaraf qilish bo‘yicha Boshqaruv servis kompaniyasi raisi va masʼullarga deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.