O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi
tashabbusi bilan Oqoltin tumani Politexnikumida “Tabiatni asrash – insoni,
Vatanni asrash demakdir” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Qulmatov, xalq
deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov, xalq deputatlari
Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev va E.Babayev, shuningdek tuman
hokimining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi
rahbari, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman kengashi rahbari va
tumandagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
✅ Uchrashuvda ishtirokchilar
yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni muhofaza qilish,
ona Vatanga muhabbat va mas’uliyat hissini oshirish masalalari yuzasidan fikr
almashdilar. Tadbir doirasida amaliy takliflar va fikrlar bildirildi.
✍️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati