Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yoshlar bilan yuzma-yuz
янв.21
Hodimlar va o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligini ta'minlash yo'lida
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi
янв.21
Targ‘ibot tadbiri va sayyor qabul
янв.21
Davlatimiz rahbari Pekindagi tantanali harbiy paradda ishtirok etdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Payariq tumanida “Bilimlar kuni” tantanalari davom etmoqda
янв.21
Tumanda “Bilimlar kuni” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda
Hodimlar va o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Nurmanova tomonidan “Go'zal” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Xususiy davlat maktabgacha ta’lim muassasasi hodimlari va 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Yig‘ilishda eng avvalo ta’lim-tarbiya jarayonidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. O‘quvchilarga bilim olishning hayotdagi o‘rni va ahamiyati, intizomli bo‘lish, darslarni o‘z vaqtida va puxta o‘zlashtirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, maktabdagi ichki tartib-qoidalar, yagona maktab formasi, sinf va maktab mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zaro hurmat va do‘stona muhit yaratish haqida ham so‘z yuritildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.

Yig‘ilish yakunida esa o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyatini oshirish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, hamda vaqtni unumli va maqsadli sarflash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 2