Qibray tumanida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Bugun Qibray tuman hokimiyati binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Mohira Xodjayeva boshchiligida xalq deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari, qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Deputat Mohira Xodjayeva korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat darajasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, qonunchilikda belgilangan vazifalar va ularni joylarda samarali amalga oshirishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida xalq deputatlari o‘z hududida yuzaga kelayotgan muammolar, aholining murojaatlari hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy takliflarini bildirishdi.