Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega..
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-юбилей сессияси умумсиёсий мунозараларидаги нутқи мамлакатимиз учун муҳим тарихий воқеа сифатида катта аҳамиятга эга.
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Kazakova Xo‘jaobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi...
янв.21
Davlat xizmatlari markazida monitoring o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumanida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans – umummilliy say-harakatlarimiz poydevori
янв.21
Yoshlar bilan yuzma-yuz
янв.21
Hodimlar va o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligini ta'minlash yo'lida
Deputat Zamonaviy moda tadbirida ishtirok etdi

Italiyaning Brindizi shahrida dunyo moda industriyasining muhim voqealaridan biri – “Mediterranean Fashion Week” bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbir Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqdan kelgan dizaynerlarni birlashtirdi.

Xususan, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Gulyamova Kamola Xalitovna raxbarligida Markaziy Osiyo Dizaynerlar Ittifoqi “MODI”- nafaqat milliy brendlarimizni jahon podiumlariga olib chiqishga, balki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, kreativ sanoatlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonning ijobiy madaniy imijini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbek dizaynerlarining ishtirokida taqdim etilgan kolleksiyalar milliy an’analar va zamonaviy moda tendensiyalarini uyg‘unlashtirgan holda yurtimiz modasining o‘ziga xos qirralarini namoyon etdi.

“Mediterranean Fashion Week”dagi ishtirok O‘zbekiston uchun nafaqat modani namoyish etish, balki madaniy muloqot va hamkorlik ko‘priklarini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 2