Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashiga 22-“Taraqqiyot” saylov okrugidan saylangan deputat J.Kamolxodjayev saylovchilari bilan uchrashib, bugungi kunda shaharda va mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirib, saylovchilar oldida hisobot berdi. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida aholidan kelib tushgan murojaatlar va masalalar joyiga chiqib o‘rganilganligi hamda “mahalla yettiligi” bilan ijobiy yechimlar topilganligi, ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalla obodonchiligi, shuningdek, yoshlar tarbiyasi to‘g‘risida o‘zaro
fikrlar almashildi.