Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich tomonidan Juvozxona mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida deputat mahalla aholisining muammo va takliflarini tingladi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilish rejalari belgilandi.
Uchrashuvda mahalla hududini obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ijtimoiy himoya, bandlik va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.
Deputat Maxkamov Sobir To‘xtamishovich saylovchilar bilan muntazam muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganib, yechim topishda faol ishtirok etishini ta’kidladi.