Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat tomonidan maktablarning 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda
янв.21
Muammolarga befarq bo‘lmaslik zarur
янв.21
Ta’lim muassasalarining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik darajasini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning bilim olishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi.
янв.21
Deputat ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Kazakova Muxabbat Kaxarovna tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan uchrashildi hamda ijobiy natijaga erishildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Oqtosh mahallasining ichki ko'chalari shag'allashtirilmoqda.
янв.21
Tashrif – e’tibor, mas’uliyat – taraqqiyot garovi
янв.21
Maktablarga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nazokat Ochilova tomonidan maktabning 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov Gulzor mahallasida joylashgan 41-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Deputat tomonidan maktablarning 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda

 Xalq deputatlari Payariq tumani kengashi deputati Kosimova Saodat tomonidan 25- va 27-maktablarning 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida amalga oshirilgan tashrifi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu tashabbus joylardagi ta’lim muassasalarining holatini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan amaliy yondashuv namunasi sifatida qaralmoqda.  

 Deputat tomonidan maktab infratuzilmasi, o‘quv jarayoniga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza, darsliklar bilan ta’minlanganlik, xavfsizlik choralarining ko‘rilganligi kabi masalalarga e’tibor qaratilgani maktab jamoalari va ota-onalar orasida ijobiy baholandi. Ayniqsa, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish orqali bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun zamin yaratilayotgani quvonarli holatdir. 

 Ta’lim –jamiyat taraqqiyotining poydevori. Shu bois, maktablarning holatiga befarq bo‘lmasdan, ularni muntazam nazorat qilish, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida deputatlar tomonidan olib borilayotgan bunday faoliyat albatta maqtovga loyiq. Bu nafaqat maktab rahbariyatini, balki mahalliy hokimiyat, ota-onalar hamda keng jamoatchilikni ham ta’lim muammolariga befarq bo‘lmaslikka undaydi.   

Slide 1 of 3