Maktabning yangi binosi ochilishga tayyor
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov Gulzor mahallasida joylashgan 41-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Mazkur maktabda qo‘shimcha tarzda yangi qurilayotgan bino bilan tanishdi.
Shuningdek, ta'lim maskanini zamonaviy mebel texnikalar bilan jihozlab, yangi o‘quv yili uchun shay holatga keltirilishi, tez fursatlarda ochilish marosimini ham namunali tarzda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yangi binoni yakuniy bo‘yash va obodonlik ishlarini kuzatish paytida, yo‘l yo‘lakay Dolzarb-90 kun tadbirlari doirasida o‘tkizilayotgan kitobxonlik tanloviga ham guvoh bo‘ldi.