Deputat ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga 18– O'rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L. Jamalova tumandagi 53-, 56- va 96-sonli umumta’lim maktablarida bo‘ldi.
Tashrif davomida deputat ta’lim muassasalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, sinf xonalarining ta’miri va jihozlanishi, shuningdek, yangi 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, L. Jamalova mahalladagi saylovchilar bilan uchrashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Muloqot jarayonida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi va mas’ul idoralarga yetkazishni ma’lum qildi.