Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Parmanova Nargiza Baxodirovna 73-umumta’lim maktabida bo‘ldi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Parmanova Nargiza Baxodirovna tumandagi 73-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u 2025–2026 o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, xususan sinf xonalari, o‘quv-uslubiy baza, gigiyena sharoitlari hamda maktab atrofi obodonlashtirilishi holati bilan tanishdi.
Deputat tomonidan maktab jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yangi o‘quv yiliga sifatli tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarning xavfsiz va qulay sharoitlarda ta'lim olishini ta'minlash borasidagi masalalar muhokama qilindi. Tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.