Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Jizzax shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Nabi Mamatqulovning xisoboti eshitildi.
Mutasaddi o‘z hisobotida taʼkidlab o‘tganidek, aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamiga “Ijtimoiy adolat” prinsipi asosida bir tizim orqali ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.
Yig‘ilishda mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topgan xalq noiblari tomonidan aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarda hamkorlikni kuchaytirish, deputatlik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.