O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini amaliyotga joriy etish, aholi faolligini oshirish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Zarbdor tuman bo‘limi boshlig`i, deputat Qodirov To`lqin Yodgorovich tomonidan Bo‘ston shaharchasidagi Shodlik, Navro‘z va Do‘stlik mahallalarida maxsus seminar tashkil etildi. Tadbirda tuman hududidagi barcha mahalla raislari ishtirok etdi.
Seminar davomida mahallalarni obodonlashtirish, tozalash, tomorqalardan unumli foydalanish, aholi bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalarga alohida urg‘u berildi.
Bu kabi tadbirlar mahallalarda uyg‘unlik, ozoda muhit va faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi.