Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: Deputat L.Jamalova "Sarbozor" va "Taraqqiyot" mahallalarida axborot uchrashuvi o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatalari payariq tumani Kengashi deputati saylovchilar bilan axborot yig‘ilishi o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna ham o'z saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tildi hamda kelgusidagi rejalar to'g'risida saylovchilarga axborot berildi.
янв.21
Uchrashuv
янв.21
Deputat saylovchilar oldida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
G‘alla o‘rimi yakuniy pallaga kirmoqda
янв.21
Munosabat
янв.21
Murojaatlar tinglanmoqda
янв.21
Munosabat
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: Deputat L.Jamalova "Sarbozor" va "Taraqqiyot" mahallalarida axborot uchrashuvi o‘tkazdi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Jamalova tomonidan “Sarbozor” va “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida saylovchilar bilan navbatdagi axborot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari asosida ko‘rilgan chora-tadbirlar, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning yechimi yo‘lida olib borilgan tashabbuslar yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berdi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan ilgari surilgan muammolar – ichimlik suvi ta’minoti, mahallalararo yo‘llarning holati, ijtimoiy yordam masalalari, shuningdek, yoshlarga oid dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilib, ayrimlari nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlar aholining davlat boshqaruvi va mahalliy vakillik organlari bilan muloqotini mustahkamlash, ularning taklif va fikrlarini eshitish, mavjud muammolarni joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Slide 1 of 1