O‘rganish jarayonida avvalo, yosh avlod tarbiyasida ekologik dunyoqarashni shakllantirish, bolalarda tabiatga muhabbat ruhini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-sonli “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan maʼlumot berildi.
Oʼrganishda, maktabgacha taʼlim tashkilotiga boʼlgan talabdan kelib chiqib, tashkilot hududida qoʼshimcha bino qurish orqali uning quvvatini oshirishga ehtiyoj mavjudligi maʼlum boʼldi. Bu borada, mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilandi.