Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati Xusniddin Abdulkayumov 9-saylov okrugi "Bunyodkor" mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqat o‘tkazdi. Uchrashuv mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida asosiy e’tibor jinoyatchilikning oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish masalalariga qaratildi. Shu bilan birga aholini o‘ylantirayotgan muammolar yuzasidan fuqarolar bilan ochiq suhbat olib borildi. Bunday uchrashuvlar aholi va deputat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlab, joylardagi muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.