#munosabat
YANGI BOSQICH – YANGI YONDASHUV
Davlat siyosatida natijadorlik davri boshlandi:
2025-yil 16-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishi — davlat boshqaruvi tarixida tub burilish yasovchi, natijadorlik va mas’uliyat tamoyillariga asoslangan yangi davrga qadam qo‘yilganini anglatadi. Yig‘ilishda joriy yilning birinchi yarmidagi yutuqlar atroflicha tahlil qilinar ekan, ikkinchi yarim yillik uchun sektorlar kesimida aniq ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi. Davlat rahbari tomonidan ko‘tarilgan har bir masala – biz, parlament vakillariga ham o‘z faoliyatimizni qayta ko‘rib chiqish, samaradorlikni o‘lchov mezoniga aylantirish zarurligini eslatdi.