“Xalqlar do‘stligi” MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov navbatdagi manzilda — “Xalqlar do‘stligi” MFY hududida ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish va hududga yanada chiroyli ko‘rinish berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
📍 O‘rganish davomida mahalladagi 7- va 10-sonli ko‘p qavatli uylarning orqa tomonidagi bo‘sh yer maydonida uzumzor tashkil etish rejalashtirilgani hamda bu yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborilgani qayd etildi.
🌱 Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — bo‘sh turgan yer maydonidan samarali foydalanish, hududni ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun yanada ozoda, ko‘rkam muhit yaratish.