“Xalqlar do‘stligi” MFYda elektr tarmoqlarini yangilash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov “Xalqlar do‘stligi” MFY hududida elektr ta’minoti infratuzilmasini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔌 O‘rganish davomida eskirgan beton elektr ustun (Столба) larini yangilariga almashtirish, ta’mirlash hamda yangi SIP kabellarini tortish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, ishlarning borishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi va ishlar jarayoniga oid masalalar muhokama qilindi.
📌 Mazkur o‘rganishlar mahalladagi elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlarning borishini kuzatib borishga xizmat qiladi.