Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI, HUDUDLAR TOZALIGI VA BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA TIZIMI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
MARKAZIY DEHQON BOZORIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI VA ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “FERMER XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNI BEPUL DORI-DARMONLAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TEZ TIBBIY YORDAM AVTOMOBILLARI HARAKATI UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH MASALASIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI, HUDUDLAR TOZALIGI VA BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI, HUDUDLAR TOZALIGI VA BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
🟢 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari deputatlik nazorati doirasida o‘z saylov okruglarida aholi bilan muntazam muloqotlar olib borib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning murojaat va takliflarini tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda muammolar yechimiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratmoqda.
🇺🇿 Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-«Istiqbol» saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan hududdagi Istiqbol MFY, A. Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joylarning holatini o‘rgandi.
⏺ O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari — pod’ezdlar, yerto‘lalar, umumiy foydalanish joylari hamda uylar atrofidagi maydonlarning sanitariya holati, tozaligi va obodonlashtirilishiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, turar joylarga xizmat ko‘rsatish sifati, umumiy mol-mulkni saqlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish va boshqaruv kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.
⏺ Aholi bilan muloqot davomida fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda ozodalikni ta’minlash, umumiy foydalanish joylarini tartibli saqlash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirishga doir fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Boshqaruv kompaniyalari hamda aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mavjud masalalarga o‘z vaqtida munosabat bildirish muhimligi ta’kidlandi.
⏺ Ko‘p qavatli uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini samarali tashkil etish, hududlarda sanitariya qoidalariga rioya etilishini ta’minlash hamda fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratish doimiy e’tibor talab etadi.
✅ O‘rganish yakunida ko‘tarilgan masalalarni hal etish, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.
➡️ “Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga munosib sharoit yaratish, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarning yechimiga ko‘maklashishdir.”

Slide 1 of 5