2025 yil 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida tadbirkorlar bilan navbatdagi an’anaviy ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi,
deputat sifatidata’kidlashimmumkinki, buanjuman oddiyuchrashuv emas, balki tadbirkorlikni yanadaqo‘llab-quvvatlash, ularningdardu tashvishlariga amaliyyechim topishuchun ochilgankatta minbardir.
Prezidentning har bir so‘zi va tashabbusi tadbirkorlarga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tibor ifodasidir.
Muloqot davomida ilgari surilgan g‘oyalar va vazifalar tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish, soliq, bojxona va bank tizimidagi qulayliklarni oshirish, yangi loyihalarga imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
Bu esa, o‘z navbatida, hududlarda iqtisodiy faollikni kuchaytirib, aholining daromadlarini oshirishga olib keladi.
Bugun davlatimiz rahbari tadbirkorni ishonchli hamkor sifatida ko‘rayotgani – juda katta mas’uliyat hamdir. Chunki ishonchni oqlash, uni yanada kuchaytirish – barchamizning vazifamiz.
Tadbirkorlar o‘z faoliyatida halollik, tashabbuskorlik va fidoyilikni namoyon etar ekan, davlat ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Natijada, iqtisodiyotimizning barcha sohalarida yangi imkoniyatlar ochiladi: ishlab chiqarish hajmi kengayadi, eksport ko‘payadi,
mahalliy mahsulotlarimiz jahon bozorida o‘z o‘rnini topadi. Eng muhimi – yoshlarimizga munosib ish o‘rinlari yaratiladi, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish uchun zarur sharoitlar vujudga keladi.
Shu bois, Prezidentimizning tadbirkorlar bilan muntazam muloqotlari nafaqat muammolarni hal etish, balki kelajakni birgalikda barpo etishning ham yorqin namunasidir.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Qodirov Mash'al Qahramonovich