Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Altinov Azamat Uraz o'g'li navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi. Uchrashuv davomida u fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni bevosita o‘rgandi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida uy-joy, ijtimoiy yordam, ish bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar va huquqiy masalalar alohida o‘rin tutdi.
Har bir murojaat deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha choralar belgilandi.
Deputat A.Altinov bunday ochiq muloqotlar saylovchilarning ishonchini oqlash, ularning hayotini yaxshilash yo‘lida muhim vosita ekanini ta’kidladi.