Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi 21-Angor saylov okrugi deputati Baynazarova Gulmira Shakirjanovna tuman hududidagi "O'rtaovul" MFY binosida fuqarolar qabuli o‘tkazdi.
Qabulda ishtirok etgan fuqarolar uy-joy, bandlik, ijtimoiy yordam, yer masalalari kabi turli muammolar bilan murojaat qilishdi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi. Deputat murojaatlar nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini bildirdi.