Bugun Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari Y.O‘roqova, Xalq deputatlar Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat muduri, targ'ibot guruhi rahbari D.Adilova, tuman bosh otinoyisi Sh.Hakimovalar hamkorligida Uchtepa va Uzunqishloq mahallalarida mahallaning faol xotin-qizlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish", "Ibratli xonadon bekasi", "Milliy libos ma’naviyat ko‘zgusi" mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir tashkilotchilari bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikning ahamiyati, milliy an’ana va urf-odatlarni saqlash hamda rivojlantirish orqali do‘stlik, hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborning zarurligi va kiyinish madaniyati xususida tushunchalar berishdi.