Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Ozarbayjonga qilgan davlat tashrifi ikki birodarlashgan mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yangi davrni boshladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tili ,dini, urf-odatlari, madaniyati yaqin bo‘lgan ikki mamlakatning iliq munosabatlari uzoq yillik tarixga ega bo‘lgan bo‘lsada, bugungidek yuksak darajaga ko‘tarilmagan edi. Prezidentimiz tashrifi bilan mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati bilan Sumgait, Navoiy viloyati bilan Gabala shaharlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlari o‘rnatildi. Shuningdek, hozir yurtimizda bo‘lajak "Ozarbayjon" bog‘i hamda "Sea Breeze" sayyohlik majmuasiga asos solinib, loyihalar tayyorlanmoqda.