Sessiya kun tartibida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman ichki ishlar bo‘limi boshligining hisobot va axborotlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 548-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining barcha o‘rinbosarlarining 2025-yil 6 oyi davomida olib borilgan ishlari shuningdek bir qator tashkilot rahbarlarining chorak yakuni yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Sessiya davomida kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.