Янгиликлар

"Loyish" va "Po’latdarxon" mahallalarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Y.O‘roqova, Xalq deputatlar Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat muduri, targ'ibot guruh rahbari D.Adilova, tuman bosh otinoyisi Sh.Hakimovalar hamkorligida navbatdagi targ‘ibot tadbiri Avazali mahallasida o‘tkazildi. Tadbirda mahallalardagi ibratli xonadonlarda mahallaning faol xotin-qizlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish", "Ibratli xonadon bekasi", "Milliy libos ma’naviyat ko‘zgusi" mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir tashkilotchilari bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikning ahamiyati, milliy an’ana va urf-odatlarni saqlash hamda rivojlantirish orqali do‘stlik, hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborning zarurligi va kiyinish madaniyati xususida tushunchalar berishdi.

Slide 1 of 4