Янгиликлар

Har bir ongli harakat – xavfsiz kelajak sari tashlangan qadamdir!

Har bir ongli harakat – xavfsiz kelajak sari tashlangan qadamdir!

Hozirgi zamonda jamiyatimizda xavfsizlikni ta’minlash, ayniqsa yo‘llardagi tartib-intizomni saqlash dolzarb masalalardan biriga aylangan. Bu borada eng muhim omillardan biri — har bir fuqaroning ongli va mas’uliyatli harakat qilishidir.

Haydovchi, piyoda yoki yo‘lovchi bo‘lishimizdan qat’i nazar, biz yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish orqali o‘zimizni hamda atrofdagilarni ehtiyot qilamiz. Ongli harakat – bu qonunga itoat, bu o‘z hayotingga va boshqalar taqdiriga nisbatan mas’uliyatni his qilish demakdir.

Bir kichkina qoidabuzarlik katta fojealarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har birimiz har kuni harakatda ongli bo‘lishga, bir-birimizga hurmat va e’tibor bilan yondashishga intilishimiz kerak. Chunki xavfsiz, tinch va barqaror kelajak faqatgina bugungi ongli harakatlarimiz bilan ta’minlanadi.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna