Bu yil tumanimizda 4180 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Ulardan 251 tonna pilla xom-ashyosi yetishtirish ko‘zda tutilgan. Ipak qurti parvarishlashda Vetnam tajribasi keng qo‘llanilmoq.
Pilla yetishtirish davomida tumanda 650 nafar mavsumiy ish o‘rni yaratiladi. Asosiysi, xotin-qizlar daromad topib, omilkorlik bilan yangi agrotexnik tadbirlarni o‘zlashtirmoqda.
Pilla hosilini qabul qilish munosabati bilan dasturxon yozilib, ehson berildi. Tuman mehnatkashlarini rag’batlantirish maqsadida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, tuman hokimi Z. Nizomiddinov, tuman prokurori, tuman IIB boshlig’i hamda nuroniylar tadbirda qatnashib, pillakorlarga yetishtirayotgan hosillariga baraka tiladi.