Янгиликлар

MUNOSABAT

#_MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATI YANADA RIVOJLANTIRILADI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi Oʻzbekistan Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-98-son qarori tasdiqlandi. Ushbu farmon bilan yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilishi belgilanganligidan kelib chiqib, “Kuchli Kengash hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili belgilandi.

Shuningdek farmonda jamiyat va davlat xayotining muhim masalalarini xal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etishiga oid demokratlashtirish jarayonlarini mustahkamlash, ijro hokimiyati organlarining mahalliy xalq vakillari oldidagi hisobdorligini oshirish belgilangan.

Farmonga muvofiq Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga aholini tashvishga solib kelayotgan dolzarb masalalarni hal etish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bir qator qo‘shimcha vakolatlar berildi.

Slide 1 of 1