XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
Xalq deputatlari tuman Kengashining IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI BO‘YICHA KOMISSIYA doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari”ga oid o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bandixon tumanida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari Sariyev Qahramon Panjiyevichning hisoboti eshtildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rilgan masala yuzasidan fikr mulohazalar eshitilib, o‘z fikrlari va takliflarini bildirdilar yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
https://t.me/bandixon_deputatlari