# "Oqila ayollar" xarakati forumi
Qo‘shko‘pir tumanidagi 54 maktab binosida "Oqila ayollar" forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Yangilik qishlog‘idagi mahallalarda istiqomad qiluvchi "Oqila ayollar xarakati a’zalari, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Boymuratova ochib berdi "Okila ayollar "xarakati a’zolari bir birlari bilan tajriba almashishdi "Buvijonlar maktabi" "Okila ayollar "xarakati a’zolari mahalladagi erishilgan yutuq va kamchiliklar bilan o‘rtoqlashdilar, yosh qizlarni oilaga , Vatanga sadoqatli, fidoyilik, tashabbuskorlik tuyg‘ularini singdirish borasida amalga oshirilgan ishlar ayniqsa bu borada oilada kitobxonlikni targ‘ib qilish to‘g‘risida fikr yuritdilar. Forum ishtirokchilari mahallalarda ezgu g‘oyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an’analarni yosh qizlarga singdirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyatini oshirish borasida takliflar bildirdilar.Tadbir so‘ngida N.Baymuratova “Oqila ayollar” harakati a’zolarining MUROJAATNOMASIni o‘qib eshittirdi.