Xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish yuzasidan muhim siyosiy hujjat qabul qilindi
Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan biri sifatida davlat boshqaruvi va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, davlat organlarining
hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish, vakillik organlari nazoratining samarali va ta’sirchan mexanizmlarini yо‘lga qо‘yish borasida izchil ishlar olib borildi.
Xalq hokimiyatchiligini tо‘laqonli rо‘yobga chiqarish borasida mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solib kelayotgan dolzarb masalalarni hal etish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat о‘rnatish bо‘yicha qator qо‘shimcha vakolatlar berildi.
Mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliyva texnik qо‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yilda mahalliy Kengashlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi kotibiyatlar faoliyati yо‘lga qо‘yildi.
Yangilangan Konstitusiyaga asosan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga о‘z faoliyatini amalga oshirishda kо‘maklashish Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlaridan biri sifatida belgilandi.
Oliy Majlis Senati tarkibida Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga kо‘maklashuvchi komissiya, Hududiy vakillik organlari faoliyatini о‘rganish markazi tashkil etildi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan 20 dan ortiq qarorlar qabul qilinib, huquqiy asoslar yanada mustahkamlandi.
Mahalliy Kengashlarning faoliyatiga oid 700 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qayta kо‘rib chiqilib, 300 dan ortiq funksiyalarni maqbullashtirish choralari kо‘rildi.
Bu boradagi ishlarni yangi bosqichga kо‘tarish, yangilangan Konstitusiyadan kelib chiqib, “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini tо‘laqonli rо‘yobga chiqarish
maqsadida 2025 yil 23 iyunda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonda jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etishiga oid demokratlashtirish jarayonlarini mustahkamlash, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida nomarkazlashtirish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash kabi maqsadlar kо‘zda tutilgan.
Farmon bilan О‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu konsepsiyani amalga oshirish bо‘yicha “yо‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida bir qator vakolatlarni mahalliy Kengashlarga о‘tkazish bо‘yicha takliflar ma’qullandi.
Farmon bilan byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismini mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantirish amaliyotini yо‘lga qо‘yish, mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar hamda Maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, mahalliy Kengash Rayosati, Kengash raisi о‘rinbosari institutlarini
joriy etish belgilandi.
О‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi doirasida hokim о‘rinbosarligiga nomzodlarni mahalliy Kengash doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish bо‘yicha “Kengash soati” institutini joriy etish, fuqarolarning mahalliy Kengash sessiyasi ishini bevosita kuzatishi bо‘yicha tizimni yо‘lga qо‘yish kо‘zda tutilmoqda.
Konsepsiya doirasida mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyati samaradorligini oshirishga, hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan kо‘tarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish bо‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishga, qarorlar qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga oid qator choralar belgilanmoqda.
Bundan tashqari, “qulaylik” – “soddalik” – “xavfsizlik” tamoyili asosida mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish kabi choralarni amalga oshirish kо‘zda tutilmoqda.