Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan tuman markaziy poliklinikasida tibbiyot xodimlari va aholi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash hamda birlamchi tibbiy xizmat sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Deputat o‘z chiqishida tuman poliklinikasi faoliyatida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llariga alohida to‘xtaldi. Jumladan, aholi murojaatlari, tibbiy xizmatlarning sifati, dori-darmon ta’minoti, tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari yuzasidan fikrlar tinglandi.