Mamlakatimiz Prezidentining Mo‘g‘ulistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, balki butun Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim siyosiy voqelik bo‘ldi.
Hozirgi geosiyosiy sharoitda davlatlar o‘rtasidagi ishonch, muloqot va o‘zaro hamjihatlik eng oliy qadriyatga aylanmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatda ana shunday qadriyatlarni ustuvor deb bilib, do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
🔹 Bu tashrif orqali yurtimiz mintaqada tinchlik, barqarorlik va ishonch muhitini shakllantirishga amaliy hissa qo‘shmoqda. Iqtisodiy hamkorlik, logistika aloqalaridan tortib, madaniy va ta’lim sohalarigacha bo‘lgan keng qamrovli kelishuvlar barcha uchun foydali bo‘ladi.
Xalq deputatlari Jondor tuman kengashi deputati S.Qahhorov