Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 8-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Baxodir Maxamadaliyevich oʻzi saylangan okrugdagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini, yaqindan o‘rgandi. Deputat B.Ashurov “Mahalla yettiligi” bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish, aholini ish bilan band qilish, to‘y-hasham masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazdi.Tadbir davomida mahalla raisi bilan istiqbolda hududning iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlari xususida toʻxtalib mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.