Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlari saylovchilar bilan navbatdagi qabullarini o‘tkazdilar

 Deputatlari saylovchilar bilan navbatdagi qabullarini o‘tkazdilar 

Joylarda aholining muammo va takliflarini o‘rganish, ularga amalda yordam
ko‘rsatish maqsadida xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan
o‘z saylov okruglarida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
 

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, uy-joy masalalari, ish
bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash va boshqa hayotiy sohalarga oid masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat deputatlar tomonidan diqqat bilan eshitilib, tegishli tashkilot
va idoralar bilan hamkorlikda yechim topish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
 

Deputatlar fuqarolar bilan ochiq muloqotlar olib borib, ularni qiynayotgan
muammolarni aniqlash hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatishni o‘zlarining asosiy
vazifalaridan biri sifatida qaramoqda.
 

Bunday uchrashuvlar doimiy ravishda tashkil etilib, har bir murojaatning
yechimi nazoratga olinmoqda.
  

Slide 1 of 6