O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-399-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari shahar kengashi va Andijon viloyati Yoshlar teatri bilan hamkorlikda Bekobod shahrida Usmon Azim qalamiga mansub "Kunduzsiz kechalar" nomli spektakl namoyish etildi. Spektaklda qatag‘on yillarida jadid bobolarimizdan Abdulhamid Cho‘lpon hayoti badiiy yondashuv orqali keng ochib berildi. So‘zga chiqqan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari
X.Ibragimova, U.Abdunazarov spektakl mustaqilligimiz, jadid bobolarimiz hayoti va hozirgi tinch zamonamizga qanday qiyinchiliklar bilan erishilganini shahrimiz aholisi va yoshlar qalbida chuqur mulohaza uyg‘otishini ta’kidlab o‘tdilar.