Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Biriktirilgan tashkilot faoliyati hamda qonun ijrosi - deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Biriktirilgan tashkilot faoliyati hamda qonun ijrosi - deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova hamda tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov tomonidan Yoshlar ishlari tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumanda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bandligini oshirish, kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Mazkur Qonunda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim olishi, ishga joylashishi va bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan.
O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash samaradorligi, amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslarning natijadorligi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 3