35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholiga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida joylarda deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 2026-yil 12-martdagi VII-18-23-8-115-K/26-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Muzrabot tumani mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya raisi L. Musayev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Shoymardanov va B.Xoliqovlar hamkorligida hududdagi ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida:
🔸 “Do‘stlik” mahallasi A. Jomiy ko‘chasidagi 1-son ko‘p qavatli uy tom qismi joriy ta’mirlangan;
🔸 “Navro‘z” mahallasi Z. Bobur ko‘chasidagi 1, 2, 3-son hamda Oybarchin ko‘chasidagi 1, 2, 3-son ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari oldiga 14 ta energiya tejamkor chiroq o‘rnatilgan;
🔸 “Navro‘z” mahallasidagi 1, 3-son hamda Oybarchin ko‘chasidagi 1-son uylarning tom qismining har birida 30 kv. metr maydonda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan;
🔸 “Yurtim jamoli” mahallasi Sh. Rashidov ko‘chasidagi 21-son ko‘p qavatli uy tom qismining 30 kv. metr maydoni ta’mirlangan;
🔸 “Shaffof” mahallasi Ona diyor ko‘chasidagi 11-son ko‘p qavatli uyning fasad qismi mukammal ta’mirlangan;
🔸 mazkur mahalladagi bir qator ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklariga 19 ta energiya tejamkor chiroq o‘rnatilgan.

Eng muhimi, deputatlik nazorati jarayonida belgilangan vazifalarning qog‘ozda qolib ketmasligi, amaliy natija bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratilmoqda.

Kengash qarori — mas’uliyat, ijro va nazorat uyg‘unligida aholi manfaatiga xizmat qiladi

Slide 1 of 7