Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev boshchiligida poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Olmazor tumanlarida “Yoshlar maslahat” guruhlarining faoliyatini o‘rganish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda tumanlardagi yoshlar yetakchilari, mahalla yoshlari va mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida joylardagi “Yoshlar maslahat” guruhlari faoliyati, yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi.️ Shuningdek, “Yoshlar maslahat” guruhlarining kelgusi faoliyat yo‘nalishlari, o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuvi masalalari kelishib olindi. Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuvni shakllantirish, joylardagi yoshlar muammolarini bevosita o‘rganish va ularni bartaraf etishda samarali mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.