Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida 

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yaniyev, deputatlar K. Yodgorova, J. Do‘stov, Sh. Mavlonov, S. Xamrayev, X. Amonov va J. To‘rayevlar shahardagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishdi. Tashrifdan maqsad – maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi, ta’lim sifati va muassasa faoliyatini o‘rganish edi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish, bolalar tarbiyasi va ta’lim sifati, shuningdek, muassasada yaratilgan shart-sharoitlarni joyiga chiqib ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ldi.

Jarayon davomida deputatlar muassasa hududi, guruh xonalari, oshxona, tibbiyot xonasi hamda o‘yin maydonchalarini batafsil ko‘zdan kechirdilar. Bolalar uchun yaratilgan muhit, xavfsizlik choralarining ta’minlanganlik darajasi, ovqatlanish sifati hamda kunlik mashg‘ulotlarning tashkil etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy malakasi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi va amaldagi davlat dasturlari asosida olib borilayotgan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishildi. Muassasa rahbari tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Tashrif yakunida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratish, ularning sog‘lom va har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 8