Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Hazorasp tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hazorasp tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🏛Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur yig‘ilishda hududda korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishni Doimiy komissiya raisi Karimova Xilola Qadamboevna olib bordi. 

📝U o‘z nutqida kun tartibidagi masalalarning dolzarbligiga to‘xtalib, tizimli va samarali ish olib borish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilish jarayonida Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich tomonidan tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatildi. U komissiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish, masalalarni izchil hal etish muhimligini qayd etdi.

Shuningdek, yig‘ilishda 

✅Hazorasp tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, kapitan Axmedov Xotambek Azimboy o‘g‘li ishtirok etib, hududdagi kriminogen vaziyat, profilaktik tadbirlar hamda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

❗️Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi

Slide 1 of 1