Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
#nazorat tadbiri

Olmaliq shahar "Kamalak" mahallasi markaziy ko‘chalarida joylashgan jamoat transporti bekatlarining holati deputatlar tomonidan qat’iy tanqid ostiga olindi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Zuhra Pulatova hamda Abdujabbor Djurayev hududdagi bekatlarni ko‘zdan kechirish davomida bir qator jiddiy kamchiliklarni aniqlashdi:

🏚 Antisanitar holat: Bekatlarning tashlandiq holatga kelib qolganligi va tozalik talablariga javob bermasligi;

📢 Reklama tartibsizligi: Tadbirkorlar tomonidan banner va e’lonlarning ruxsatsiz, tartibsiz joylashtirib tashlanganligi;

🪑 Noqulaylik: Yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlarning talab darajasida emasligi.

Yechim qanday bo‘ladi?

Ushbu holat bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohatlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo'yicha doimiy komissiyasiga taqdim etildi hamda mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlarining hisoboti eshitiladi va bekatlarni qisqa muddatda tartibga keltirish, fuqarolarimiz uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 4