Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 30-mart kuni Zarbdor tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya kun tartibidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor bo‘lgan 11 ta muhim masala o‘rin oldi. Deputatlar tomonidan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada ko‘rilgan asosiy masalalar:

🛣 Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki “Manzilli ro‘yxati”ni tasdiqlash toʻgʻrisida.

🛡 Kadastr agentligi Zarbdor tuman boʻlimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish natijasi toʻgʻrisida.

💼 Tumanda aholi bandligini taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi toʻgʻrisida.

 Tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosi toʻgʻrisida. 

💰 Tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishi toʻgʻrisida. 

🏢 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha PQ-48-sonli Qarori ijrosini taʻminlash toʻgʻrisida. 

🌾 Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holati toʻgʻrisida.

Aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni bartaraf etish hamda xonadonlarda energiya tejamkor va “yashil” texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. 

💰 “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida. 

📈 Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

💰 Zarbdor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga qolgan erkin qoldiq mablagʻlarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida. 

✅ Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10