Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
🏛 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 📌 Bugun Urganch shahar hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi: 

🔹 Infratuzilma: Ijtimoiy soha va yo‘llarni ta’mirlash uchun mablag‘ yo‘naltiriladigan ob’ektlar ro‘yxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi. 

🔹 Xavfsizlik: Urganch shahri hududida jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ajratilayotgan bir nafar inspektor xodimning oylik xarajatlariga mablag‘ ajratish tavsiya qilindi. 

🔹Ijtimoiy barqarorlik masalasi: “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratildi. 

🔹 Tashabbusli budjet jarayoni: 2026-yil 1-mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha manzilli ro‘yxati tasdiqlandi hamda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mablag‘larni mazkur tadbirlarga yo‘naltirildi. 

🔹Jamoatchilik muhokamasi:Urganch shahar hududidagi Obodonlashtirish boshqarmasiga biriktirilgan avtoturargohlar, tuproq ko‘chalarni shag‘allashtirish va ta’mirlash tadbirlari hamda ko‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflarining miqdorini tasdiqlandi. 

Sessiyada shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 6