Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish maqsadida o‘zi saylangan hudud –“Qizilsoy” mahallasiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida mahallaga biriktirilgan hamshira N.Xaydarova tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati batafsil o‘rganildi. Xususan, fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, uyma-uy yurib patronaj xizmatini tashkil etish, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni ro‘yxatga olish va ularni doimiy nazoratda ushlab borish ishlari ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari, aholining tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tishi, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, emlash jarayonlarining tashkil etilishi ham alohida e’tiborga olindi. Fuqarolarga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholining salomatligini mustahkamlash hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Mazkur tashrif mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Slide 1 of 3