Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
YANGI TURMUSH MAHALLASIDA MAKTAB QURILISHI BOSHLANDI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18 -Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yo'ldosheva Yangi Turmush mahallasida joylashgan 23-sonli umumta’lim maktab qurilish ishlarini o'rgandi maktab 480 o‘rinli yangi o‘quv binosi bo'lib Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.Yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilgach, maktabda o‘quvchilar uchun yanada qulay, zamonaviy va sifatli ta’lim olish sharoitlari yaratiladi. Jumladan, keng va yorug‘ sinfxonalar, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv xonalari hamda ilg‘or ta’lim muhitiga mos infratuzilma barpo etiladi. Bu esa o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mazkur qurilish hududda o‘quvchilar sonining ortib borayotgani inobatga olingan holda, maktabdagi mavjud sig‘im muammosini bartaraf etishga qaratilgan muhim ijtimoiy loyiha hisoblanadi.Qurilish ishlari belgilangan me’yor va talablarga muvofiq olib borilmoqda hamda yaqin muddatlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 1