Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi yuzasidan respublika bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

 Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining
takomillashtirilgan loyihasi yuzasidan respublika bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari bo‘lib
o‘tmoqda.
 

Shu jumladan, Uchquduq tumanida ham targ‘ibot tadbirlari qizg‘in pallaga kirgan. 

“Mustaqillik” MFY da Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan maxsus uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda tuman “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘linmasi tuman rahbari J.Bulekbaeva, tuman
“Mahala uyushmasi”
bo‘limi boshlig‘i, xalq deputatlari tuman kengashi deputati A.Hamidov
hamda
xalq deputatlari tuman kengashi deputati M.Kamolova, ishtirok etdi.  

Ta’kidlanganidek, Murojaatnoma nafaqat Parlamentimiz a’zolariga, 7000 dan ortiq mahalliy kengash deputatlariga, har uch hokimiyat vakillariga, jamoatchilik tashkilotlariga, bugun O‘zbekistonda kechayotgan tub islohotlarga xayrixohlik bilan qarayotgan jahon hamjamiyatiga bo‘ldi desak hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. 

 Murojaatnomada ilgari surilgan har bir taklif moliyaviy jihatdan ta’minlangani bilan ahamiyatli. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ijro hokimiyati uchun jamoat tashkilotlari jiddiy va teng huquqli, shu bilan birga hurmatga loyiq hamkor sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada, davlat va mahalliy hokimiyat organlaritomonidan qonun hujjatlarining to‘liq va mukammal bajarilishi mexanizmi takomillashib, jamoatchilikni yangi tashabbuslar va takliflarga undaydi 

Slide 1 of 3